» » Yaponiyadagi Osaki shahri rasmiylari yanglishib, aholini raketa zarbalari haqida ogohlantirdi

Yaponiyadagi Osaki shahri rasmiylari yanglishib, aholini raketa zarbalari haqida ogohlantirdi


Yaponiyaning Miyagi prefekturasidagi Osaki shahri rasmiylari aholini shahar chekkasiga raketa kelib tushishi ehtimoli haqida ogohlantirdi va zudlik bilan uylarida yashirinishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Bu raketa uchirilgani haqidagi ma’lumot. Raketa bizning mintaqaga kelib tushishi ehtimoli mavjud. Uylaringizga qaytishingiz va televizor hamda radioni yoqishingizni so‘raymiz”, — deyilgandi shaharning barcha nuqtalarida o‘rnatilgan ovozkuchaytirgichlar orqali o‘qib eshittirilgan shoshilinch xabarda. 

Taxminan 20 daqiqadan so‘ng rasmiylar mazkur xabarni rad etdi va bu uchun kechirim so‘radi.

Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, J-Alert shoshilinch ogohlantiruv tizimini tekshirish ishlarini olib borgan xodim yanglishib, ogohlantirishni efirga berib yuborgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют