» » 2020-yil uchun davlat budjetiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

2020-yil uchun davlat budjetiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?


Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida ma’qullangan “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevning ma’lum qilishicha, yangi qonun koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Respublika budjetidan fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlatiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash, advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga beriladigan subsidiyalar mahalliy budjetlar orqali moliyalashtirishi belgilanayotganligi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlar ko‘paytirilmoqda.

Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida davlat budjetining barqarorligini ta’minlash maqsadida budjet xarajatlari optimallashtiriladi.

Avvalroq koronavirus O‘zbekiston davlat budjetiga 2020-yilning 3 oyida qanday ta’sir ko‘rsatgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют