» » Putin koronavirusga chalingan Habib Nurmagomedovning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi

Putin koronavirusga chalingan Habib Nurmagomedovning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz rossiyalik sportchining otasi Abdulmanap Nurmagomedovning holati haqida gapirib o‘tdi.

“Habibning otasi sun’iy koma holatiga tushirilgani tasdiqlay olaman.

Habib so‘nggi kunlarda Vladimir Putin bilan aloqada bo‘lib turibdi. U Abdulmanap Nurmagomedovga eng yaxshi tibbiy xizmat taqdim etilishini va’da berdi.

Habibning butun dunyoga murojaati — koronavirus tarqalashini oldini olish uchun uyda qoling”, — deydi Abdulaziz.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi Moskvadagi harbiy shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi. Koronavirus uning o‘pkasiga jiddiy shikast yetkazgan, shuningdek, Habibning ma’lum qilishicha, uning yuragi qayta operatsiya qilingan. Abdulmanap Nurmagomedovning holati o‘ta og‘irligi bir necha bor ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov: Qishlog‘imda koronavirus sabab 11 kishi vafot etdi, qo‘shni qishloqda esa bir kechada 14 ta o‘lim holati qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют