» » Jahon banki koronavirus sababli 60 mlnga yaqin odam qashshoqqa aylanishini prognoz qildi

Jahon banki koronavirus sababli 60 mlnga yaqin odam qashshoqqa aylanishini prognoz qildi


Koronavirus pandemiyasi sabab butun dunyo bo‘ylab 60 millionga yaqin odam o‘ta qashshoqlikda qolishi mumkin. Bu haqda Jahon banki prezidenti Devid Melpas ma’lum qildi.

“Bizning hisob-kitobimizga ko‘ra, 60 millionga yaqin odam o‘ta qashshoq ahvolda qoladi, bu esa so‘nggi uch yil ichida qashshoqlikka qarshi kurash jarayonida erishilgan barcha yutuqlarni yo‘qqa chiqaradi”, — deydi Melpas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon banki pandemiyaga qarshi kurash yo‘lida hozirgacha dunyo aholisining 70 foizi to‘g‘ri keladigan 100 ta davlatga yordam ko‘rsatib ulgurgan. Ta’kidlanishicha, bank rivojlanayotgan mamlakatlarga 15 oy davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar, zayom va investitsiyalar shaklida 160 milliard dollar ajratadi.

Shuningdek, Melpas kreditorlarni bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy e’lon qilgan G20 davlatlari tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.

Avvalroq Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyoga ajratilgan 370 million dollarning asosiy qismi O‘zbekistonga nasib etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Jahon banki O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 95 mln dollar ajratdi

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi O‘zbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdorini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston Prezidentining 22-aprelda imzolagan qaroriga ko‘ra, pandemiya oqibatlarini kamaytirish uchun 2020-yilda 3,1 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...