» » Jahon banki koronavirus sabab pul o‘tkazmalari 20 foizgacha qisqarishi mumkinligini prognoz qildi

Jahon banki koronavirus sabab pul o‘tkazmalari 20 foizgacha qisqarishi mumkinligini prognoz qildi


Koronavirus pandemiyasi va karantin choralari sabab yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatida 2020-yilda butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari hajmi 20 foizgacha keskin qisqarishi mumkin. Bu haqda Jahon bankining yangi hisobotida so‘z boradi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlardagi eng katta qisqarish bo‘lishi kutilayotgan bu kabi holat mehnat muhojirlari ish haqining kamayishi va ularning ishsiz qolishi, iqtisodiy inqiroz oqibatida ularni qabul qiluvchi davlatlar qisqarayotgani sabab sodir bo‘lmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, kam va o‘rtacha daromadli davlatlarga pul o‘tkazmalari 19,7 foizga qisqaradi (445 milliard dollar), buning oqibatida esa ko‘plab zaif uy xo‘jaliklari asosiy moliyaviy manbasidan ayriladi.

“Pul o‘tkazmalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhim daromad manbasi hisoblanadi. COVID-19 tufayli yuzaga kelgan hozirgi retsessiya pulni uyga yuborish imkoniyatiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini tiklash uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartirish imkoniyatini yanada og‘irlashtiradi”, — deydi Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpass.

Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, pul o‘tkazmalari, asosan, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga (27,5 foizga) qisqaradi. Ularning ortidan Afrika janubidagi davlatlar (23,1 foiz), Janubiy Osiyo (22,1 foiz), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (19,6 foiz), Lotin Amerikasi va Karib havzasi (19,3 foiz) hamda Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalari (13 foiz) o‘rin oladi.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilda kam va o‘rtacha daromadli davlatlarga pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanadi, ularning hajmi 5,6 foizga o‘shib, 470 milliard dollarga yetadi. Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari prognozi borasida ham, COVID-19 tarqalishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarning jahon iqtisodiyotining o‘sish istiqbollariga ta’siri kabi bir xil noaniqlik mavjud.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga pul o‘tkazmalari qariyb 6 foizga o‘sgan (65 milliard dollarga), biroq ko‘rsatkichlar pandemiya va neft narxining arzonlashuvi sabab keskin qisqargan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiyadan pul o‘tkazmalariga bo‘lgan yuqori bog‘liqlik darajasi Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston iqtisodiyotiga tashqi salbiy shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют