» » Koronavirus 12 yil ichida birinchi marta aviatashuvlarning kamayishiga sabab bo‘lishi ma’lum qilindi

Koronavirus 12 yil ichida birinchi marta aviatashuvlarning kamayishiga sabab bo‘lishi ma’lum qilindi


Koronavirus tarqalishning oldini olish maqsadida aviatashuvchilarga qo‘yilgan cheklovlar tufayli 2020-yilda global yo‘lovchi tashish darajasi ilgari taxmin qilingan o‘sishga qaramay 0,6 foizga kamayadi. Bu haqda Havo transporti xalqaro assotsiatsiyaning hisobotida so‘z boradi.

Taxminlarga ko‘ra, virus sabab jahon aviatsiya trafigi 4,7 foizga tushib ketadi. Bu esa jami yo‘lovchilar oqimining 2008-yili sodir bo‘lgan moliyaviy inqirozdan beri kuzatiladigan birinchi marta pasayishi bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘lovchilar oqimining kamayishi oqibatida aviakompaniyalar 29,3 milliard dollar yo‘qotadi.

“Yoqilg‘i narxining pasayishi, ayrim moliyaviy yo‘qotishlarni qoplashi mumkin. Bu aviakompaniyalar uchun juda og‘ir yil bo‘ladi”, — deydi IATA rahbari Aleksandr de Jyunyak.

Assotsiatsiyaning aniqlik kiritishicha, birinchi navbatda Osiyo—Tinch okeani mintaqasida ishlovchi aviakompaniyalarda yo‘lovchilar oqimi 13 foizga qisqaradi, bu esa o‘z navbatida 27,8 milliard dollar zarar keltiradi. Virus oqibatida Xitoy 12,8 milliard dollar yo‘qotadi. Mintaqadan tashqariga uchuvchi samolyotlarga ega aviakompaniyalar 1,5 milliard dollardan ayriladi.

Mavzuga doir: Xitoy aviakompaniyalari koronavirus tufayli 80 mingga yaqin reysni bekor qildi

Bu kabi hisob-kitoblar 2002-2003-yillarda tarqalgan SARS virusining oqibatlariga asoslangan. O‘shanda virus ko‘rsatkichlarning keskin tushib ketishiga olib kelgan, biroq epidemiya to‘xtatilgach, ko‘rsatkichlar ham tezda ko‘tarilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют