» » AQSh 10 yil davomida dunyo banklarini 243 milliard dollar jarimaga tortdi

AQSh 10 yil davomida dunyo banklarini 243 milliard dollar jarimaga tortdi


Amerika regulyatorlari 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan buyon dunyo banklarini jami summasi 243 milliard dollarga teng jarimaga tortdi. Bu haqda Keefe, Bryuette & Woods hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Interfaks”.

Jarimalarning aksariyati ipoteka aktivlari sifati bo‘yicha investorlarni aldash bilan bog‘liq.

Badal to‘lash bo‘yicha yetakchi Bank of America hisoblanadi — oxirgi o‘n yilda u 76,1 milliard dollarga teng jarimalar to‘ladi. Ikkinchi o‘rindan 43,7 milliard dollar ko‘rsatkich bilan JPMorgan Chase va uchinchi o‘rindan Citigroup (19 milliard dollar) joy oldi.

Xorijiy banklardan eng ko‘p badal to‘laganlar Deutsche Bank (14 milliard dollar) va Royal Bank of Scotland (10,1 milliard dollar) bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют