» » Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish hajmini oshirdi

Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish hajmini oshirdi


Rossiya oktabr oyida 105 milliard dollarga teng AQSh g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarini xarid qildi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Avgust oyida bu ko‘rsatkich 105,4 milliard, sentabrda esa birmuncha pasayib — 103,9 milliard dollarni tashkil etgan edi.

Bir yil avval Rossiyaning Amerika obligatsiyalariga qo‘yilmalari o‘rtacha 74,6 milliard dollar iborat bo‘lgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular 41,8 foizga o‘sdi.

Shunday bo‘lsada, Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlarini eng ko‘p xarid qilayotgan davlatlar o‘nligiga kirgani yo‘q va 15-o‘rinni egallab turibdi.

Bu borada Xitoy (1,18 trillion dollar), Yaponiya (1,094 trillion dollar)  va Irlandiya (310,8 milliard dollar) yetakchilik qilmoqda.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют