» » Toshkentda aqli zaif bolani urib, haqorat qilgan ikki o‘smirga nisbatan sud qarori chiqarildi

Toshkentda aqli zaif bolani urib, haqorat qilgan ikki o‘smirga nisbatan sud qarori chiqarildi


Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar o‘smir bir bolani tiz cho‘ktirib, uni haqorat qilgani va urgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilinishicha, mazkur voqea 2020-yil 25-mart kuni yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 23-aprel kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman ma’muriy sudida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi 1-qismi va 183-moddasi asosida sud majlisi bo‘lib o‘tgan va sud qarori qabul qilingan.

Dastlabki surishtiruv hujjatlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi 54-maktab o‘quvchisi, 2002-yilda tug‘ilgan D.X. va uning maktabdoshi, 2003-yilda tug‘ilgan O.I. 2020-yil 25-mart kuni soat taxminan 15:00 da karantin qoidalariga rioya qilmagan holda himoya niqobisiz Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek shaharchasi hududida joylashgan 219-maktabgacha ta’lim muassasasi oldida voyaga yetmagan aqli zaif ASh.ni turli uyatli so‘zlar bilan so‘kib, urib, turtib, unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan olingan video Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan.

Sud ikki o‘smir tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi(Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) hamda 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan deb topdi.

Sud qaroriga muvofiq, D.X. va O.I.ning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 34-moddasi (Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, ya’ni 1 115 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют