» » Uxan shahri ma’muriyati yovvoyi hayvonlarni boqish, pishirib sotish va yeyishni taqiqlab qo‘ydi

Uxan shahri ma’muriyati yovvoyi hayvonlarni boqish, pishirib sotish va yeyishni taqiqlab qo‘ydi


Xitoyda SARS-CoV-2 koronavirusining eng birinchi o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida yovvoyi hayvonlarni pishirib yeyish va ularni shu maqsadda boqishga taqiq qo‘yildi. Shuningdek, yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni sotish ham taqiqlangan.

Ushbu chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan qaror Uxan shahar ma’muriyatining rasmiy saytida e’lon qilingan. Taqiqlar hujjat e’lon qilinganidan keyin besh yil muddat davomida amal qiladi.

Cheklov barcha yovvoyi jonivorlarga taalluqli. Ov qilishga ham faqat ilmiy maqsadlarda, hayvonlar populyatsiyasini tartibga solish va boshqa asoslangan sharoitlarda ruxsat beriladi. Ov uchun ma’muriyatdan maxsus hujjat, ya’ni litsenziya olinishi lozim. Yovvoyi hayvonlarni sun’iy ravishda ko‘paytirishga faqat turni saqlab qolish, ilmiy tadqiqotlar va hukumat ruxsat bergan boshqa maqsadlarda ruxsat berilgan.

Yovvoyi hayvonlarni yetishtirgan muassasalar va uy xo‘jaliklariga kompensatsiya mablag‘lari to‘lab beriladi.

Yovvoyi hayvonlarni nafaqat sotish, balki ushbu faoliyatni reklama qilish ham taqiqlangan.

“Hech bir tashkilot va jismoniy shaxs bu kabi reklamalarni joylashtirishi, e’lonlar yoki retseptlar yopishtirishi, taqiqlangan yovvoyi hayvonlar, ulardan chiqqan mahsulotlarni yeyishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ravishda sotish bilan shug‘illanish ham taqiqlangan”, — deyiladi farmonda.

Ovchilik, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish va ularni xomashyo sifatida yetishtirish uchun avval olingan litsenziyalar ham bekor qilinadi.

Mavzuga doir: 

Xitoyda koronavirus tufayli yovvoyi hayvonlar savdosi yanvar oyida taqiqlangan. Keyinroq COVID-19’ning birinchi tashuvchisi yovvoyi hayvonlar bo‘lgani e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют