» » Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi


Qozog‘istonning bosh sanitar shifokori Ayjan Yesmagambetova mamlakatda koronavirus sababli yuzaga kelayotgan o‘lim darajasi nima sababdan boshqa mamlakatlarga qaraganda pastroq ekanligiga izoh berdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar qildi.

Yesmagambetovaning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus boshqa mamlakatlarga qaraganda kechroq tarqalishni boshladi, dastlabki holatlar mart oyining o‘rtasida aniqlandi.

Uning ta’kidlashicha, virusning mamlakatga kechroq kirib kelgani shifokorlar va kasalxonalarni tayyorlashga imkon bergan. Bundan tashqari, Qozog‘istonda xavf guruhlarida ommaviy test o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan, bu esa kasallikni alomatlarsiz o‘tkazayotganlarni aniqlashga va davolashni vaqtliroq boshlashga imkoniyat yaratmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 218 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan jami bemorlar soni 6969 kishiga yetgan. Hozirga qadar 35 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, 3598 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют