» » Mirziyoyev: Afsuski, O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan vatandoshlarning ko‘pi koronavirusga chalingani aniqlanmoqda

Mirziyoyev: Afsuski, O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan vatandoshlarning ko‘pi koronavirusga chalingani aniqlanmoqda


Chet mamlakatlarda og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar O‘zbekiston fuqarosiga tegishli yordam ko‘rsatib, ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Dunyoda koronavirusga chalinish darajasi hali juda yuqori bo‘lib qolmoqda. 12 mingdan ko‘proq yurtdoshlarimiz chet elda, og‘ir ahvolda qolganini inobatga olib, fuqarolarimizni olib kelish jarayoni boshlandi. Ming afsus, qaytarib olib kelinganlarning ko‘plari kasallikka chalinganligi aniqlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti 

Avvalroq 19-maydagi videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari “hozirgacha 39 ming nafar yurtdoshimizni” chet eldan olib kelinganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etish joiz, Prezident topshirig‘iga asosan 18—19-may kunlari Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1100 fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Ma’lumot uchun, may oyining birinchi dekadasi oxiridan boshlab xorijda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi jarayon boshlandi. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar sonining o‘sishi kuzatilmoqda.

Xususan, 8-may kuni 27 ta, 9-may kuni 24 ta kasallanish holati aniqlangan bo‘lsa, 10-may kuni 69 ta, 11-may kuni 68 ta holat qayd etildi. 20-may kuni esa may oyidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi — koronavirusga chalingan 84 bemor aniqlandi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 54 nafari xorijdan olib kelingan fuqarolardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют