» » IIV: Sirdaryodagi toshqindan talafot ko‘rgan hududlarda birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi

IIV: Sirdaryodagi toshqindan talafot ko‘rgan hududlarda birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi


Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda ichki ishlar organlari tomonidan kecha-yu kunduz olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov AOKAda tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

Talafot yetgan hududlarda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan 309 nafar muqaddam sudlangan hamda 106 nafar profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik ishlari amalga oshirilgan.

Evakuatsiya sabab bo‘sh qolgan hududlar muhofazasi uchun ichki ishlar organlari vakillaridan iborat 35 ta piyoda va 25 ta avtopatrul, 15 ta joyda to‘siq postlar tashkil etilgan. 74 dona ov quroliga ega fuqaroning xonadonidan qurollar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, saqlash uchun IIBga topshirilgan.

G‘iyosov ijtimoiy tarmoqlarda zarar ko‘rgan hududlarda o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etilayotganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar noo‘rin va asossiz ekanligini ham qo‘shimcha qildi.

Talafot paytidagi dastlabki sarosimada fuqarolar qo‘shnisi yoki mahalladoshining qarovsiz yoki suv ostida qolib ketishi xavfi bo‘lgan uy hayvonlarini o‘zlariga tegishli yuk avtomashinalarida xavfsiz hududga ko‘chirgani va ular saqlanayotgan joylar to‘g‘risida mahalla idoralari hamda huquq-tartibot organlariga ma’lumot bergani qayd etildi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokat oqibatida jabrlangan aholiga yordam berish uchun Qirg‘iziston hukumati insonparvarlik yordami jo‘natdi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratdi. O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa Sirdaryoda jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют