» » Abhishek Bachchan va Ayshvariya Rayning Dubaydagi hashamatli uyiga sayohat (foto)

Abhishek Bachchan va Ayshvariya Rayning Dubaydagi hashamatli uyiga sayohat (foto)


Aksariyat Bollivud aktyorlar BAAning Dubay shahriga dam olishga kelganida mehmonxonada emas, o‘z uyida yashashni xohlaydi. Shuning uchun ushbu shahardan uy sotib olayotgan hind aktyorlarining safi ortib bormoqda.

Hozirga qadar Amitabh Bachchan, Shohrux Xon hamda Abhishek va Ayshvariya juftligi Dubaydan uy xarid qilgan.

Yulduzli juftlik Dubaydan 2016-yilda uy sotib olgan. O‘shandayoq ularning hashamatli uylari hammaning og‘ziga tushgan.

Abhishek va Ayshvariyaning orzusini BAAdagi eng mashhur qurilish kompaniyalaridan biri Shaikh Holdings ro‘yobga chiqardi.

Ularning hashamatli villasi Scavolini brendining dizaynerlik oshxonasi va Nolte brendi shkaflari bilan jihozlangan. Juftlikning yangi qasrida “aqlli” uylarga xos barcha texnologiya mavjud.

Uy oldida katta basseyn bor. Uning atrofiga palma daraxtlari ekilgan.

Villada bir nechta yotoqxona, yuvinish xonasi, kinoteatr, katta garderob va sport zali mavjud.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют