» » O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24-may kuni karantin talablariga amal qilgan holda nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24-may kuni karantin talablariga amal qilgan holda nishonlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining 2020-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24-may yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida nishonlanadi.

“O‘zbekiston Musulmonlari idorasining 2020-yilda Ramazon hayitining ilk kuni 24-mayga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, bu kun mamlakatda bayram sifatida nishonlanadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

Mavzuga doir: “Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi”. Usmonxon Alimov internetda tarqalgan mish-mishlar haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют