» » Emomali Rahmon Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida haqqoniy ma’lumotlarni e’lon qilish haqida ko‘rsatma berdi

Emomali Rahmon Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida haqqoniy ma’lumotlarni e’lon qilish haqida ko‘rsatma berdi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvda mamlakat bosh vaziri, respublika shtab-kvartirasi rahbari Kohir Rasulzodaga “Tojikistondagi pandemiya haqida haqqoniy ma’lumotlarni” OAVlar orqali muntazam ravishda e’lon qilishni topshirdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

“Qancha odam kasallangani, qanchasi tuzalgani, qanchasi vafot etgani haqida muntazam axborot bering, yashirmang, xalq haqiqatni bilishi kerak”, — deb ta’kidlagan prezident.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan press-relizda yuqoridagi gaplar yo‘q, ammo prezident chiqishining televizion versiyasida uning bu ko‘rsatmasi Kohir Rasulzodaga aytilgan.

Tojikistonda so‘nggi sutka davomida 204 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 2 140 kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 41 kishini tashkil qilib, u 30-aprelda e’lon qilingan xabardan buyon o‘zgarmagan.

Kasallikdan umumiy hisobda 470 kishi tuzalgan. Ularning qachon tuzalib chiqqani haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, ayni paytda kasalxonalarda 3 592 kishi shifokorlar nazoratida ekanligi qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, Tojikistonda koronavirus juda tez tarqalib, mamlakat qurbonlar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga doir: Ijtimoiy tarmoqdan “qora xatlar”: Tojikistonda bir oyda 23 shifokor vafot etdi. Katta ehtimol bilan — koronavirusdan

Avvalroq O‘zbekistonning UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan jihozlangan Damas negizidagi tez tibbiy yordam avtomobillari partiyasi Tojikistonga yuborilgani xabar berilgan, kompaniya ushbu avtomobillar Tojikistonning maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallanganini ma’lum qilgandi. Keyinchalik mazkur mashinalar Tojikistonning “Lesinvest” kompaniyasi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga O‘zbekistondan sotib olingani ma’lum bo‘lgandi. UzAuto Motors’ning xabari esa saytdan o‘chirib tashlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют