» » Peruda tuman meri karantin qoidalarini buzganini yashirish uchun o‘zini o‘lganga soldi

Peruda tuman meri karantin qoidalarini buzganini yashirish uchun o‘zini o‘lganga soldi


Peru g‘arbidagi Kastrovirreyn provinsiyasidagi tumanlardan birining meri karantin va komendantlik soatiga amal qilmaganini yashirish uchun o‘zini o‘lganga solib, tobutga yotib oldi, deb yozadi Comercio gazetasi.

Qayd etilishicha, 18-may kuni kechqurun Tantar tumani meri Xayme Rolando Urbina Torres do‘stlari bilan alkogolli ichimlik ichgan. Shu paytda ular o‘tirgan joyga milliy politsiya agentlari kelgan.

Mer politsiyachilar uni koronavirusdan o‘lgan deb o‘ylashi uchun tobutga kirib yotib olgan. Uning sheriklari ham shunday yo‘l tutgan. Keyinroq OAVda Urbina Torresning niqob taqib tobutda yotgan surati e’lon qilingan.

Biroq politsiyani aldash muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ma’lum bo‘lishicha, tuman meri qo‘lga olinganida mast bo‘lgan.

Bundan avval mahalliy aholi vakillari tuman rahbarini bir necha marta koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy qabul qilmayotganlikda hamda infeksiya bilan kurashish uchun chora ko‘rmayotganlikda ayblagan.

Mahalliy aholi vakillaridan biri Urbina Torresning 54 kunlik karantin mobaynida 8 kun Tantarda bo‘lganini aytgan. Merning o‘zi esa bu ayblovlarni rad etib, faqat ish bo‘yicha tumanni tark etayotganini bildirgan.

Peruda 100 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 3024 kishi vafot etgan, 40 mingdan ko‘proq bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Karantin paytida ko‘zga tashlanmaslik uchun “butaga aylangan” erkak (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют