» » AQSh Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvdan chiqishga qaror qildi. Tramp ushbu qaror sabablariga izoh berdi

AQSh Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvdan chiqishga qaror qildi. Tramp ushbu qaror sabablariga izoh berdi


AQSh prezident Donald Tramp mamlakatni Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvdan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Tramp administratsiyasidagi manbalariga tayanib, The New York Times xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Tramp administratsiyasi uning topshirig‘i bo‘yicha sakkiz oy davomida AQShning ushbu kelishuvdagi ishtiroki, ustun jihatlar va nuqsonlarni tahlil qilgan va mamlakatning ushbu shartnomadan chiqishi foydaliroq ekanini bildirgan.

AQShning kelishuvdan chiqishiga asosiy sabab sifatida Rossiya tomonidan bitimga rioya qilinmagani ko‘rsatilmoqda. Jumladan, Rossiya Moskva, Checheniston Respublikasi va Kaliningrad viloyati ustidan uchib, kuzatuv parvozini amalga oshirishni taqiqlagan.

AQSh olti oy o‘tganidan keyin shartnomadan chiqadi. Okeanorti mamlakati shu haftadan boshlab shartnomaga kirgan boshqa ishtirokchi davlatlarga bildirishnomalar yubora boshlagan. Rossiya bu haqda 22-may kuni ogohlantirilgan.

Bu Donald Tramp prezident bo‘lganidan keyin AQShning uchinchi katta xalqaro kelishuvni bekor qilishi bo‘ldi. 2018-yilda mamlakat Eron bilan yadro kelishuvini, 2019-yilda esa o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar haqidagi bitimdan chiqilgan. Bir yil avval ham AQShning shartnomani bekor qilishga Rossiya sababchi ekani aytilgandi.

Donald Tramp ushbu qaror sabablarini izohlab, Vashingtonning Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga Moskva tomonidan ushbu bitim shartlari buzilayotganini ta’kidlagan, deb yozmoqda Reuters. Shuningdek, u shartnoma bekor bo‘lganiga qaramay Rossiya bilan iliq munosabatlar saqlanib qolishini ham qayd etgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 21-aprelda AQShning shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida gapirgan. Oq uy rasmiysi Lavrovning so‘zlariga izoh berib, Qo‘shma Shtatlarning kelishuv bilan bog‘liq foydali va zararli tomonlarni tahlil qilayotganini ma’lum qilgan.

AQShning bitimni bekor qilishi haqida 2018-yilda ilk bora gapirilgan. 2019-yil kuzida Donald Tramp ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi farmonni imzolagan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 23 ta a’zosi o‘rtasida 1992-yilda imzolangan kelishuvga ko‘ra, shartnomani imzolagan davlatlar bir-birining hududida inspeksion parvozlar amalga oshirishi, harbiy faoliyatni o‘rganishi va qurollanish borasidagi nazoratni amalga oshirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 130) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют