» » Volvo’ning yangi avtomobillari 180 km/soatdan tezroq harakatlana olmaydi. Kompaniya cheklov o‘rnatdi

Volvo’ning yangi avtomobillari 180 km/soatdan tezroq harakatlana olmaydi. Kompaniya cheklov o‘rnatdi


Volvo — xavfsizlik haqida maksimal darajada qayg‘uradigan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari uzoq yillar davomida eng xavfsiz mashinalar sifatida tan olib kelingan. Biroq Volvo bir joyda to‘xtab qolmay yangi mashinalarida tezlikni cheklashga qaror qildi, deb xabar beradi IXBT.

2019-yilda kompaniya yangi mashinalarga maksimal tezlik 180 km/soatdan oshmaydigan cheklov o‘rnatilishini ma’lum qilgandi. Kuni kecha shved avtomobilsozlik kompaniyasi mazkur cheklov joriy etilganini bildirdi. Endilikda Volvo konveyridan chiqqan har bir yangi avtomobil 180 km/soatdan tez harakatlana olmaydi. Gap yangi modellar haqida emas, balki kompaniyaning barcha yangi avtomobil nusxalari haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, Volvo’ning har bir avtomobili o‘z egasiga mashinani boshqa bir haydovchiga berayotganida tezlikni qo‘shimcha ravishda cheklash imkonini beradigan Care Key funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, avtomobil egasi kalitni rafiqasi yoki farzandiga berayotganida soatiga 100 yoki 120 kilometrdan oshmaydigan qilib, tezlikni cheklab qo‘yishi mumkin.

Mavzuga doir: Volvo mashinasida 1,6 million km masofani bosib o‘tgan ayol taqdirlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют