» » Pokistonda qulagan samolyot bortidagi yo‘lovchilarning 2 nafari omon qoldi

Pokistonda qulagan samolyot bortidagi yo‘lovchilarning 2 nafari omon qoldi


Pokistonning Karachi shahrida 22-may, juma kuni yuz bergan aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan ikki nafari tirik qolgan. Bu haqda mahalliy nashrga tayanib, Meduza xabar berdi.

Omon qolganlar kasalxonaga yotqizilgan, olingan jarohatlarning og‘irlik darajasi haqida xabar berilmagan. Ayni paytda halokat joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Shuningdek, samolyot qulagan hududda yashovchi bir kishi ham kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti Karachi shahri aeroporti yaqinida, qo‘nishga bir daqiqa qolganda yerga qulagan. Layner aholi yashaydigan hudud ustiga tushgan. Samolyot bortida jami 98 kishi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют