» » Boeing samolyoti ko‘chalar bo‘ylab qonuniy harakatlanishi mumkin bo‘lgan limuzinga aylantirildi

Boeing samolyoti ko‘chalar bo‘ylab qonuniy harakatlanishi mumkin bo‘lgan limuzinga aylantirildi


Samolyot va avtomobilni birlashtirish ko‘p marotaba amalga oshirilgan. Ayrimlar avtomobilni uchishga majbur qilgan bir vaqtda, boshqalar samolyotda ko‘cha yo‘llari bo‘ylab harakatlanishni istagan. Shunday qilib, 2004-yilda Boeing 727 Jet Limo limuzini paydo bo‘lgan. Unda umumiy foydalanishdagi yo‘llar bo‘ylab qonuniy harakatlanish mumkin, deb yozadi CARakoom.

Qachonlardir u yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan Boeing 727-24C reaktiv samolyoti bo‘lgan. Uning qanot va dumlari kesilib, Mercedes-Benz avtobusining shassisiga o‘rnatilgan.

Mazkur limuzinni yaratishdan maqsad avtomobilda sayohat qilishning yangi, biroq hashamatli usulini topish, shu bilan birga, parvozlar uchun yaroqsiz bo‘lgan samolyotdan foydalanish bo‘lgan.

Noodatiy limuzin hozirda Qo‘shma Shtatlarda saqlanmoqda. Ammo u Meksikaning Gvadalahara shahrida yasalgan. Uni qurishga mas’ul bo‘lgan kompaniyaning nomi — VACA Limousines. Bu limuzinlar qurish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanuvchi mamlakatdagi yirik kompaniya hisoblanadi.

Qanchadir muddat davomida ushbu limuzin uch soatlik sayr uchun 1000 dollar evaziga ijaraga berilgan. Ta’kidlanishicha, uning tezligi 200 km/soatga qadar yetgan, biroq suratlardan bunga ishonish qiyin.

Kabinaning asosiy qismi saqlab qolingan, ammo shturval o‘rnini rul egallagan. Og‘irligi 11 tonna bo‘lgan 16 metrli limuzin Mercedes-Benz’ning turbodizel dvigateli yordamida harakatga keladi.

2007-yilda limuzin eBay orqali sotuvga qo‘yilgan. Keyinchalik u 40 kishiga mo‘ljallangan tungi klubga ham aylantirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, limuzin 275 ming dollarga sotilgan va hozirda u Limo Boba limuzinlar flotining bir qismi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют