» » “Yon-atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi”. SSV o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

“Yon-atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi”. SSV o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi


O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda aholi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari tobora ko‘proq aniqlanmoqda. Xususan, 22-may kuni Samarqand viloyatida 24 kishida, Navoiy viloyatida 21 kishida, Toshkent viloyatida bir kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, Toshkentdagi “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida 23-may kuni xabar qilindi. Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga murojaat bilan chiqdi.

“Ayni kunlarda aholi orasida hamon koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanmoqda. Ushbu holatlardan ayon bo‘lyaptiki, yon atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu esa har qanday vaziyatda ham koronavirus yuqtirib olishning ehtimoliy xavfidan hushyor bo‘lishimizni, ehtiyot choralarini doimiy ko‘rishimizni talab etadi”, — deyiladi vazirlik murojaatida.

“Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqimizdan, yana bir bor ba’zi joylarda berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunmasdan karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, ayniqsa, yoshlarni zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligini, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi qoidalarga qat’iy amal qilishlarini, shuningdek, muborak Ramazon hayiti bayramini uyda, oila davrasida bayramona kayfiyatda nishonlashlarini so‘raydi. Bu o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun juda muhim”, — deya qo‘shimcha qilingan vazirlik axborotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 3078 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 2525 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: “Hayit namozini uyda o‘qing”. Musulmonlar idorasi Ramazon Hayitini karantin davrida nishonlash bo‘yicha bayonot berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют