» » “Bilganinglarni qilinglar. Mening ishim yo‘q”. Sohib Abbosxon AQShga endi kelgan va bormoqchi bo‘lganlarga maslahat berdi

“Bilganinglarni qilinglar. Mening ishim yo‘q”. Sohib Abbosxon AQShga endi kelgan va bormoqchi bo‘lganlarga maslahat berdi


Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida AQShga endi ko‘chib kelganlarga qanday maslahat berishini aytdi.

Amerikaga endi kelgan odamga men har doim bir xil maslahat berardim. ‘Boshidagi qiyinchiliklarga chidanglar, nima bo‘lsa ham o‘tib ketadi. Chunki bugungi kundan ertangi kun yaxshiroq, hammasi harakatingizga bog‘liq. Chunki bu yerni sehrli diyor deyishadi. Harakat qilgan odam harakatiga yarasha oladi. Ozgina qiyinchiliklar bo‘ladi, shunga tayyor turinglar’, deb maslahat berardim. Lekin yaqindan beri meni fikrim o‘zgardi. Bilganinglarni qilinglar. Mening ishim yo‘q.

Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor

Sohib Abbosxon uch yildan beri AQShda istiqomat qilmoqda va hozirda biznes bilan shug‘ullanadi. Aktyor “Intervyu TV”ga bergan intervyusida AQShga kelgan dastlabki kunlarida suvoqchilik bilan shug‘ullanganini so‘zlab bergandi.

Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.

Mavzuga doir: AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют