» » Chevrolet Shanxay avtosaloniga adaptiv krossover bilan tashrif buyurdi

Chevrolet Shanxay avtosaloniga adaptiv krossover bilan tashrif buyurdi


Shanxay avtosalonida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘p funksiyali konseptual sport avtomobili sifatida ta’riflangan Chevrolet FNR-X prototipi namoyish etildi. Bu haqda Motor nashri xabar bermoqda.

Prototip nomidagi dastlabki uch harf Find New Road — “yangi yo‘llarni qidir” deya izohlanadi; marka oxirgi yillarda aynan shu slogandan reklama maqsadlarida foydalanib kelmoqda. X belgisi mashinaning barcha yo‘llarga mosligin ko‘rsatadi. Bunda mashinaning har bir tizimi konkret harakat shartlariga moslasha oladi.

Krossoverning o‘ziga xosliklaridan biri uning faol aerodinamikasidir. Uning qator qismlari elektronika tomonidan boshqariladi. Harakat rejimlarining har birida tizim eng kichik aerodinamik qarshilikka erishadi, bu bilan yoqilg‘i sarfini yaxshilaydi.

Prototip quvvatlantiriluvchi gibrid kuch qurilmasi bilan ta’minlangan, lekin Chevrolet uning tavsifini keltirmayapti. U ikki rejimda ishlashi ma’lum: oddiy (Versatility, adaptiv) va sport rejimlari.

Bundan tashqari, prototip yo‘llardan tashqarida ham ishlaydigan, murakkab yo‘l sharoitlarida ham yo‘nalish tanlaydigan avtopilotga, shuningdek, qo‘shimcha reallik tasvirini 270 daraja qamrov bilan ko‘rsata oladigan proyeksion displeyga ega.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют