» » People jurnali Juliya Robertsni beshinchi marta sayyoraning eng go‘zal ayoli deb tan oldi

People jurnali Juliya Robertsni beshinchi marta sayyoraning eng go‘zal ayoli deb tan oldi


Amerikalik aktrisa Juliya Roberts People jurnali tomonidan sayyoraning eng go‘zal ayoli deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Juliya Roberts People’ning ‘Jahondagi eng chiroylilar’ reytingiga bag‘ishlangan soni muqovasida ilk bor paydo bo‘lganiga 26 yil bo‘ldi, va u avvalgidek sevimli ofatijonimiz bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi jurnalning internetdagi sahifasida, aktrisaga shuhrat keltirgan “Ofatijon” filmiga (1990) ishora qilingan holda.

49 yoshli aktrisa chorak asr davomida beshinchi marta People’ning yillik reytingiga ko‘ra dunyoning eng go‘zal ayoli deb tan olinmoqda.

“Beshinchi marta? Maqtansa arziydimi?”, — dedi aktrisa jurnalga bergan intervyusida va bu bilan bu kabi hisob-kitoblarni olib bormaganini qayd qilib o‘tdi.

2016-yilda reyting boshiga boshqa amerikalik aktrisa — Jennifer Eniston kelgan edi.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют