» » Yangi Chevrolet Corvette rekord darajadagi tezlikni qayd etdi

Yangi Chevrolet Corvette rekord darajadagi tezlikni qayd etdi


Hennessey Performance atelyesi yangi Chevrolet Corvette’ni soatiga 330 kilometr tezlikka qadar haydab, o‘rta motorli superkarning maksimal tezligi yuqorilashiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.

Hennessey Performance Chevrolet Corvette C8’ni modernizatsiya qilgan — unga turbokompressorli ikkita kit-jamlanma, yangi g‘ildirak shinalari, modernizatsiyalashgan podveska, kuchaytirilgan tormoz mexanizmi va ugleplastikdan ishlangan tashqi panellar o‘rnatilgan. Atelye mijozlari bularning barchasini tez orada buyurtma qilishi mumkin bo‘ladi. Hozircha kompaniya bor diqqatini komponentlarning ishonchliligini tekshirishga qaratgan.

Mazkur Corvette zanglamaydigan po‘lat (+20 kuch) bilan jihozlangan bo‘lib, u zavodda ishlab chiqarilgan modeldagidan 5,4 kilogrammga yengil hisoblanadi. Shuningdek, unga azot oksidi tizimi o‘rnatilgan, V8 6,2 LT2 atmosfera quvvati 650 ot kuchiga qadar ko‘tarilgan.

Modelga minimal darajada o‘zgartirish kiritilganiga qaramay, Venom F5 loyihasining bosh muhandisi Jon Xeynris o‘rta motorli superkarni 330 km/soat tezlikka chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Rekord Texasdagi Continental firmasining sinov poligonida o‘rnatilgan. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, bu C8’ning chegarasi emas: HPE1200 Twin Turbo paketi yordamida dvigatel kuchini 1200 ga, maksimal tezlikni esa 400 km/soatga yetkazish mumkin.

Mavzuga doir: AQShda yangi Chevrolet Corvette xarid qilinganidan bir kun o‘tib YTHga uchradi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют