» » Boy arablarga 775 ot kuchiga ega Chevrolet Corvette ZR1 sportkarining 2019-yilgi modeli namoyish etiladi

Boy arablarga 775 ot kuchiga ega Chevrolet Corvette ZR1 sportkarining 2019-yilgi modeli namoyish etiladi


Chevrolet Corvette ZR1 sportkarining 2019-yilgi modelining jahon premyerasi 14-noyabr kuni Dubaydagi Xalqaro avtosalonda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Motor Authority.

Yangi modelni mutaxassislar va OAV vakillari uchun yopiq namoyishi 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Avtomobil 755 ot kuchiga ega, ishchi hajmi 6,2 litr bo‘lgan V-simon sakkiz silindrli LT5 dvigateli bilan jihozlangan.

Model 7 bosqichli qo‘lda boshqariladigan, shuningdek, 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanishi mumkin. Avtomobil boshqariladigan antiqanotlarga va old aerodinamik spoylerga ega. Maksimal tezligi soatiga 338 kilometrni tashkil etadi.

Sportkar saloni tabiiy charm bilan qoplangan.

Yangi model uchun buyurtmalar 20-noyabrdan boshlab qabul qilinadi, uning narxi esa hozircha ma’lum qilinmadi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют