» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8531 kishiga yetdi. Qirg‘izistonda esa yana ikki kishi COVID-19 qurboniga aylandi, ulardan biri — sobiq spiker

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8531 kishiga yetdi. Qirg‘izistonda esa yana ikki kishi COVID-19 qurboniga aylandi, ulardan biri — sobiq spiker


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 209 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,5 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 8531 kishiga yetgan. Hozirga qadar 4352 kishi sog‘aygan, 35 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus tashxisi qo‘yilgan ikki bemor vafot etdi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.

O‘lim holatlaridan biri Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida qayd etilgan. Qirg‘iziston parlamentining sobiq spikeri Mukar Cho‘lponbayev vafot etgan.

Ikkinchi holat esa Jayil tumanidagi Birlashgan hududiy shifoxonada qayd etilgan. Bu yerda 67 yoshli erkak vafot etgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 16 kishiga yetdi.

25-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1433 kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar 992 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga ikkinchi marta yordam jo‘natdi

O‘zbekistonda 25-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda mamlakatda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 602 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davo choralari ko‘rilmoqda, 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют