» » Timo Verner Bundesligada XXI asr rekordini o‘rnatdi

Timo Verner Bundesligada XXI asr rekordini o‘rnatdi


“Leypsig” hujumchisi Timo Verner Germaniya Bundesligasi 27-turidan o‘rin olgan “Mayns”ga qarshi kechgan bahsda (5:0) het-trik qayd etdi.

24 yoshli futbolchi Bundesliga 1998/99-yilgi mavsumidan buyon ilk bor bir mavsumda bitta jamoa darvozasiga ikki o‘yinda ham uchtadan gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. “Mayns”ga qarshi kechgan birinchi davradagi o‘yinda (8:0) Verner uchta gol urgandi.

Timo ushbu o‘yindan so‘ng Bundesliga 27 ta gol bilan Bundesliga to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Vernerga qadar Bundesligada ushbu natijaga uch nafar futbolchi erisha olgan: Ulf Kirsten 1998/99-yilgi mavsumda “Borussiya M”ga qarshi o‘yinlarda, Gerd Myuller 1974/75-yilgi mavsumda “Fortuna”ga qarshi o‘yinlarda va Lotar Emmerix 1965/66-yilgi mavsumda “Borussiya M”ga qarshi o‘yinlarda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют