» » Qatortolda taksi piyodani urib yubordi

Qatortolda taksi piyodani urib yubordi


Toshkentning Qatortol ko‘chasida 18-aprel kuni soat 22:00 atrofida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi: haydovchi piyodani urib yuborib, yonidagi mashina bilan to‘qnashgan, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Toshkentdagi taksi saroylaridani biriga tegishli Nexia avtomobili haydovchisi Qatortol ko‘chasida bir piyodani urib yuborib, boshqaruvni yo‘qotgan va yonida turgan boshqa bir Nexia’ga borib urilgan.

YTH oqibatida avtomobil tomonidan turtib yuborilgan 35 yoshli erkak o‘ng boldir sinishi jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan, Nexia’ning 47 yoshli haydovchisi ham bosh-miya yopiq jarohati bilan 16-shahar kasalxonasiga joylashtirilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan ma’lum qilishlaricha, hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют