» » Pomidor, yong‘oq va ko‘k choy. Miya faoliyatini yaxshilaydigan 10 mahsulot

Pomidor, yong‘oq va ko‘k choy. Miya faoliyatini yaxshilaydigan 10 mahsulot


Miya faoliyatini qanday mahsulotlar yaxshilashiga quyidagi maqola orqali javob beramiz.

Brokkoli

Ushbu mahsulot yangi miya hujayralarini paydo qilishda ahamiyatli xolin deb nomlanuvchi B4 vitamini, xotira hamda miyaning kognitiv vazifasini yaxshilaydigan K vitaminini ham o‘z ichiga oladi. Haftasiga uch marta brokkoli iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Grek yong‘og‘i

Barcha yong‘oq va pistalar miya neyronlari uchun foydali, lekin grek yong‘og‘i bu borada hammasidan ham yetakchi hisoblanadi. Ushbu mahsulot turli foydali yog‘ kislotalari, xususan, omega-3 va omega-6, shuningdek, F va B6 vitaminining koni sanaladi. Grek yong‘og‘ini me’yorini oshirmagan holda kuniga 5 donadan iste’mol qilish kerak.

Zarchava (kurkuma)

Zarchavani kundalik iste’mol qilish natijasida miya faoliyati yaxshilanadi, aql charxlanadi. Zarchava tarkibida Alsgeymer kasalligi xavfining oldini oluvchi va miya neyronlarini yallig‘lanishdan saqlovchi modda bor. Zarchavani go‘shtli taomlar, garnir va issiq sutga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Losos

Ushbu baliq miya faoliyatida ahamiyatli bo‘lgan ko‘p miqdordagi yodni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari losos omega-3 ga boy mahsulot hisoblanadi. Agar uni haftasiga 3-4 marta 100 grammdan iste’mol qilinsa, kishining atrofdagi voqea-hodisalarga reaksiya qilishi tezlashadi.

Pomidor

Pomidorda miya uchun zarur bo‘lgan kuchli antioksidant — likopin mavjud. Likopin miyadagi neyronlarni kislorod bilan ta’minlab, qon aylanishini yaxshilaydi, tromb kelib chiqishi hamda insult xavfining oldini oladi. Shu sabab nonushtaga pomidor qo‘shib omlet, tushlikka salat, kechki ovqatga esa “zapekanka” tayyorlash tavsiya qilinadi.

Ko‘k choy

Ko‘k choy tarkibida aql susayishiga qarshi samarali bo‘lgan polifenol mavjud. Kuniga ikki finjon ko‘k choy ichish Parkinson kasalligining oldini oladi, xotira yaxshilanishi va diqqat oshishiga sababchi bo‘ladi.

Qora shokolad

Ikki qoshiq kakao kukunida qizil vino va ko‘k choydan ko‘p miqdorda antioksidantlar mavjud. Qora shokoladda miyada qon aylanishini yaxshilovchi flavanol, shuningdek, aqliy faoliyatni oshiradigan kofein mavjud. Shu bois qora shokolad yeyish va kakao iste’mol qilish maslahat beriladi.

Chernika

Chernika miya faoliyati uchun muhim bo‘lgan flavonoidlarga boy. Mutaxassislar kuniga bir stakandan chernika yeyishni maslahat beradi.

Kinoa

1 stakan kinoada qonni kislorod bilan ta’minlovchi, miya faoliyatini yaxshilaydigan 15 foiz temir moddasi mujassam. Shuningdek, konsentratsiyani yaxshilaydigan va asab tizimini barqarorlashtiradigan B guruhi vitaminlari ham mavjud.

Ismaloq

Ushbu ko‘katda miya hujayralari parchalanishiga to‘sqinlik qiladigan antioksidantlar, ko‘plab minerallar, E va K vitaminlari mavjud.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют