» » Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar

Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar


Butun kun davomida diqqat-e’tiboringiz bir joyga to‘plangan holda yurish uchun miyangiz to‘g‘ri oziqlanishi kerak. Buning uchun qanday oziq-ovqatlar iste’mol qilish kerakligini maqolamizdan bilib olasiz.

U miyani ajoyib tarzda tetiklashtiradi. Piyoz tarkibidagi birikmalar miyaning idrok qilish faoliyatini cheklovchi toksinlarning ta’sirini yo‘qotadi.

Yeyish kerak: yarim bosh piyozni salat bilan birga qo‘shgan holda.

Bu baliq — D vitaminining eng yaxshi manbasi hisoblanadi. Manchester universitetida aniqlanishicha, D vitamini tomirlar egiluvchanligini va bosh miya kapillyarlarini saqlagan holda xotirani yaxshilaydi.

Yeyish kerak: 80 g baliqni bodring va donli non bilan.

Pistaning 300 grammida 151 mg “valin” deb ataluvchi aminokislotalar mavjud. U miyaning  shikastlanish va zo‘riqishlardan keyin idrok qilish faoliyatini qayta tiklash uchun talab qilinadi.

Yeyish kerak: 25 g.

Bir juft qalampirda kayfiyatga ta’sir qiluvchi neyromediatorlarni sintez qilishda ishtirok etadigan piridoksinning tavsiya qilingan kunlik normasining 14 foizi mavjud.

Yeyish kerak: salatga qo‘shib 50 g.

Loviya B vitaminlar guruhiga kiruvchi,  miya hujayralarini sog‘lom tutuvchi inozitol va xolinning eng yaxshi birikmalaridan tashkil topgan.

Yeyish kerak: 180 g sho‘rva bilan.

Lyuteolinga boy bo‘lgan oshqovoq miya charchoqligiga yordam beradi. Lyuteolin tetiklik va xotiraga javobgar bo‘lgan gippokampus hujayralarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Yeyish kerak: 25 g salat bilan.

Manba: Men’s Health

Опубликовано: admin (26-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют