» » To‘q tutishga yordam beruvchi 5 ta oziq-ovqat

To‘q tutishga yordam beruvchi 5 ta oziq-ovqat


Tushlik nafaqat mazali, balki to‘yimli ham bo‘lishi uchun uni tayyorlashda muayyan bir mahsulotlardan foydalanish lozim. Bular qanday mahsulotlar?

Kartoshka ochlikni jilovlaydigan eng kuchli oziq-ovqatlardan biri hisoblanadi. Qo‘rda pishirilgan kartoshka tarkibi uglevodlar, vitaminlar, kletchatkalar va boshqa ozuqaviy moddalarga boy bo‘lgani uchun eng katta ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqatlar reytingida birinchi o‘rinda turadi.

Tuxum tarkibida organizmning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqarishga imkoni bo‘lmagan aminokislotalar mavjud. U hazm bo‘lgandan so‘ng, aminokislotalar ichaklardagi ochlik hissi uchun javob beradigan gormonlar ajralib chiqishini ta’minlaydi.

Sho‘rvaning suvi ko‘p bo‘lgani uchun kaloriyasi kam bo‘lsa ham to‘qlik hissini uyg‘otish xususiyatiga ega. Dukkaklilardan qilingan sho‘rva tarkibidagi ozuqa tolalari ajoyib energiya manbai hisoblanadi.

Olma tarkibidagi pektin tabiiy ravishda ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va to‘yish hissini keltirib chiqaradi. Tushlikdan keyin yeyilgan olma organizmga yakunlovchi murakkab shakar, vitaminlarni beradi va uzoq vaqtgacha to‘qlik hissini saqlab qolishga yordam beradi.

Yengil makkajo‘xori asosan havodan iborat bo‘lgani uchun popkornning katta porsiyasini ham yeyish juda oson. Shunga qaramasdan, yengil makkajo‘xorining kaloriyasi ancha kam. Popkorn butun uglevodlardan tashkil topgani uchun ajoyib energetik yegulik hisoblanadi.

Manba: “Steaklovers.menu”

Опубликовано: admin (25-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют