» » Hindiston vazirlari migalkali avtomobillardan voz kechdi

Hindiston vazirlari migalkali avtomobillardan voz kechdi


Hindiston hukumati rasmiy shaxslar, shu jumladan, bosh vazir hamda vazirlar mahkamasi a’zolari va prezident kortejlarida miltillovchi mayoqlardan foydalanishni to‘xtatish borasida qaror qabul qildi. Bu haqda, moliya va mudofaa vaziri Arun Jeytliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“1-maydan davlat avtomobillari tepasiga miltillovchi mayoqlar o‘rnatish taqiqlanadi. Hech qanday istisnolar bo‘lmaydi”, — ma’lum qildi Jeytli vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra bergan brifingida.

Uning so‘zlariga qaraganda, 1989-yilgi Avtotransport to‘g‘risidagi markaziy qonun o‘zgartirilib, uning ta’siri barcha shtatlariga yoyiladi.

Jeytli ko‘k miltillovchi chiroqlardan faqat favqulodda xizmatlar foydalana olishini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют