» » Janubiy Koreyada robotlar kafega tashrif buyurgan mijozlarning ijtimoiy masofalanishga rioya qilishida yordam ko‘rsatmoqda

Janubiy Koreyada robotlar kafega tashrif buyurgan mijozlarning ijtimoiy masofalanishga rioya qilishida yordam ko‘rsatmoqda


Janubiy Koreyadagi Tejon shahrida joylashgan kafelardan birining barida robot xizmat ko‘rsatishni boshladi. Shuningdek, ushbu kafeda robot ofitsiantlar ham mavjud bo‘lib, ular tashrif buyuruvchilarning ijtimoiy masofalanishga rioya qilishiga yordam beradi, deb xabar qiladi IXBT.

Aniqroq aytganda, yangilik 60 turdagi qahvalarni tayyorlashga qodir va manipulyator yordamida tayyor ichimliklarni patnisga qo‘ya oladigan qahva-mashina tizimini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u mobil platformalar yordamida buyurtmalarni qabul qilish va ularni yetkazib berishga ham qodir. Robotlar optimal marshrutni hisoblab, o‘zlari mustaqil harakatlanadi. Kerakli joyga yetib kelgan robotlar mijozlarga buyurtma olib kelinganini ma’lum qiladi.

Yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalganidan so‘ng Janubiy Koreyada qariyb 11 ming kishida COVID-19 aniqlandi, 267 kishi virus qurboniga aylandi — mamlakatda sekin-asta ijtimoiy masofalanish choralari yengillashtirilmoqda. Ta’kidlanishicha, robotlar ma’lum cheklovlarga rioya qilinishiga yordam beradi. Mazkur robotlar Vision Semicon kompaniyasi hamda davlat ilmiy instituti hamkorligida yaratilgan. Joriy yilda ishlab chiqaruvchi va ilmiy institut kamida 30 ta kafeni robotlar bilan ta’minlash niyatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют