» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 ming kishidan oshdi, Qozog‘istonda esa 9 ming kishiga yaqinlashdi

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 ming kishidan oshdi, Qozog‘istonda esa 9 ming kishiga yaqinlashdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 438 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 5,1 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 8969 kishiga yetgan. Hozirga qadar 4515 kishi sog‘aygan, 35 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda 26-may holatiga ko‘ra, yana 35 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.

Xususan:

Kasallikni yangi yuqtirib olganlarning 7 nafari tibbiyot xodimlari — 4 nafari Bishkekda va 3 nafari Norin viloyatida.

O‘tgan bir sutka ichida 6 nafar tibbiyot xodimi COVID-19’dan sog‘aygan.

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1468 kishini tashkil etmoqda. Hozirga qadar 1015 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda esa yana ikki kishi COVID-19 qurboniga aylandi, ulardan biri — sobiq spiker

Tojikistonda 25-may holatiga ko‘ra, yana 171 kishida koronavirus aniqlandi. Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3,1 ming kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Hozirga qadar 1395 nafar bemor sog‘aygan, 46 kishi virus qurboniga aylangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Tojikistonda 2773 kishi tibbiyot xodimlari nazorati ostida qolmoqda. So‘nggi bir sutka davomida 232 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarni davolash va ularni nazorat qilish bilan 7,5 mingdan ortiq shifokor va 25 mingdan ortiq hamshira shug‘ullanmoqda.

Mavzuga doir: Tojikistonda 14 kun bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarining taassurotlari haqida

Afg‘onistonda 25-may holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tolo News telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda COVID-19 yuqtirib olganlar soni 11 582 kishiga yetgan, o‘tgan bir sutka davomida bir bemor vafot etgan va 22 kishi davolangan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 1095 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Afg‘onistonda virus qurbonlari soni 219 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют