» » Moliyaviy mustaqillikka erishish oson

Moliyaviy mustaqillikka erishish oson


Oylikkacha hali bir hafta bor, sizning esa pulingiz tugab qoldimi? Tez-tez qarz olishga va o‘zingizni cheklashga to‘g‘ri kelayaptimi? Shaxsiy jamgarmalaringizning to‘g‘ri moliyaviy tizimini qurish uchun moliyachilar maslahatiga amal qiling.

Bu zerikarli mashg‘ulot asosiy maqsad tomon borish uchun zarur. Moliyaviy reja eng muhimini aniqlash va g‘ayri ixtiyoriy xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi. Bundan tashqari u bezovtalik darajasini kamaytiradi: agar pul rejasiz sarflanayotgan bo‘lsa, ish haqiga bir hafta qolganda har doim pulsiz qolish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Tez boyishni va’da qiluvchi shubhali rejalarga pul sarflash va sarmoya kiritishdan qo‘rqish ham noto‘g‘ri. Mablag‘ni sarf qilish kerak. Lekin bundan oldin sizning moliyaviy maqsadlaringizga qaysi imkoniyatlar mos kelishini aniqlash va yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisoblab chiqish zarur.

Boshqalar bilan o‘zini solishtirish — shubhali tanlov. Agar odam yangi modadagi mashina yoki dang‘illama uyni boshqalarga o‘zining ustunligini ko‘rsatib qo‘yish uchun sotib olsa, u pulini va energiyasini bekorga sarflagan bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘zining haqiqiy ahamiyatli maqsadlarini amalga oshirishdan uzoqlashadi.

Moliyaviy mustaqillik — bu moliyadan ham mustaqil bo‘lish. Shuning uchun oylik yoki jamg‘arma hajmi o‘zi haqidagi fikrga ta’sir qilmasligi kerak. Ya’ni:

Inson qadr-qimmati kamtarona sharoitda ham jabrlanmasligi kerak.

Moliyaviy jihatdan erkin odamlar o‘zlarining buyumlariga g‘amxo‘rlik qiladilar, lekin ularga sig‘inmaydilar. Agar kerak bo‘lsa ular isrofgarchiliklardan voz kechishga ham tayyor bo‘lishadi. Shuning uchun ularning hayotida faqat boylik orttirishgina emas, balki boshqa yoqimli lahzalar ham ishtirok etadi.

Manba: “Mirden.ru”

Опубликовано: admin (19-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют