» » “Manchester Siti” Sanega o‘rinbosar topdi. Leroy yozda “Bavariya”ga o‘tadi

“Manchester Siti” Sanega o‘rinbosar topdi. Leroy yozda “Bavariya”ga o‘tadi


“Manchester Siti” yozgi transfer oynasida “Bavariya”ga o‘tib ketishi kutilayotgan Leroy Sanega o‘rinbosar topdi.

Daily Mail’ning xabar qilishicha, germaniyalik hujumkor yarim himoyachi jamoani tark etadigan bo‘lsa, “shaharliklar” “Bayer” yarim himoyachisi Leon Beylini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. “Manchester Siti” yamaykalik futbolchiga Sanening munosib o‘rinbosari sifatida qaramoqda. Futbolchining ikkala qanotda ham harakat qila olishi ham klub e’tiborini tortgan.

Beylini “Arsenal” klubi ham uzoq vaqtdan buyon kuzatib keladi, biroq londonliklar moliyaviy tomondan “Siti”ga teng kela olmaydi. Leonning transferi, taxminan, 40 million funtga baholanmoqda.

Beyli 2017-yilda “Genk”dan leverkuzenliklar safida o‘tgan. Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi Bundesligada 16 o‘yin o‘tkazib, beshta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi, shuningdek, ikki bor qizil kartochka oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют