» » Ustasiga farqi yo‘q. Ronaldu futbol to‘pini basketbol savatchasiga joylab qo‘ydi (video)

Ustasiga farqi yo‘q. Ronaldu futbol to‘pini basketbol savatchasiga joylab qo‘ydi (video)


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaviy mashg‘ulotlar paytida o‘z merganligini namoyish qildi.

Turinliklar matbuot xizmati e’lon qilgan videoda portugaliyalik o‘yinchi futbol to‘piga zarba bergan holda uni basketbol savatiga tushirgani aks etgan. Nishonni aniq mo‘ljalga olgan Krishtianu golni baland ovozda nishonladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan A Seriya o‘yinlari 13-iyundan davom etadi.

Mavzuga doir:

Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 22 o‘yin o‘tkazib, 21 gol va 3 ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Qolgan musobaqalarda (Chempionlar Ligasi, Italiya Kubogi va Superkubogi) 35 yoshli futbolchi 10 o‘yinda to‘rtta gol va bitta assist ijro etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют