» » Shamil Abdurahimov: Getji — Nurmagomedov uchun xavfli raqib, ammo Habib Tonidek xatoga yo‘l qo‘ymaydi

Shamil Abdurahimov: Getji — Nurmagomedov uchun xavfli raqib, ammo Habib Tonidek xatoga yo‘l qo‘ymaydi


Rossiyalik UFC jangchisi Shamil Abdurahimov yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida amalga oshmay qolgan jang hamda rossiyalik yakkakurashchining Jastin Getjiga qarshi ehtimoliy jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘ylashimcha, Nurmagomedov Fergyusonni bir yoqlik qila olardi. U joyida qotib qolmagan, o‘sib bormoqda. Ishonchim komil, Habib raqibini teykdaunga olgan holda unga yerda kuchli zarbalar yo‘llay olardi. Hatto bo‘g‘ish yoki og‘ritish usulini qo‘llashgacha ham borardi. Fergyuson esa raqibiga yoriqli jarohatlar yetkazish hisobiga imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin edi”, — deydi Abdurahimov.

Shuningdek, u Getji haqida ham so‘z yuritdi.

“Ha, Getji Habib uchun xavfli. Uning zarbasi kuchli, agar kurashdagi salohiyatini yo‘qotmagan bo‘lsa, u holda Nurmagomedovga qiyin bo‘ladi. Biroq Habib unga o‘z uslubini o‘tkaza oladi. Burgut — aqlli jangchi va Jastinni yengishga qodir. Habib Tonidek xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Bugungi kunda unga teng keladigani yo‘q”, — deydi sportchi.

Jastin Getji UFC 249 musobaqasida yengil vazn vaqtinchalik chempionligi uchun Toni Fergyusonga qarshi jang qildi va beshinchi raundda raqibini nokautga uchratdi. Endilikda Getji yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi jang olib boradi. Mazkur to‘qnashuv 2020-yilnig sentabr yoki oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют