» » Angliyalik erkak koronavirusga chalinib, komaga tushdi va tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi

Angliyalik erkak koronavirusga chalinib, komaga tushdi va tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi


Londonda ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan erkak olti hafta koronavirus bilan og‘ridi. Bu vaqtda u 32 kilogrammga ozdi, deb yozadi New York Post.

12-mart kuni 43 yoshli Kim Vay Lida koronavirusning simptomlari kuzatildi. U ikki haftani sun’iy komda o‘tkazdi. Kasalxonaga yotqizilguniga qadar erkakning bo‘yi 1,7 metr, vazni 95 kilogramm edi. Uyiga qaytganida esa uning vazni 63,5 kilogrammga tushdi. Erkakning kiyimlari o‘ziga keng keldi.

“Men oynada o‘zimni tanimay qoldim. Shuncha vazn tashlaganimda hayratda edim”, — deydi erkak.

Uning rafiqasi va ikki farzandi ham Lining o‘zgarib ketganidan hayron edi.

Kasallikdan keyingi dastlabki kunlar u o‘zini juda kuchsiz his qilardi. U mustaqil ravishda dush qabul qila olmasdi, hatto ov qatini ham yeya olmasdi. Hozirda esa u o‘zini juda yaxshi his etmoqda va vazn kamayishi bilan o‘ziga berilgan ikkinchi imkoniyatning qadriga yetmoqda.

Li kasallikning og‘ir kechishida semizlikni ayblaydi. Kasalxonaga yotqizilguniga qadar u ortiqcha vazn keltirib chiqargan yuqori qon bosimidan aziyat chekardi. Endilikda esa bu muammo ortda qoldirdi.

“Men shu vaznni ushlab qolmoqchiman, avval qon bosimim oshib, tabletkalar bilan yashardim, endi esa u me’yori”, — deydi erkak.

Li koronavirus bilan og‘rigani unga foyda keltirganini aytadi.

Mavzuga doir: Angliyada uysiz erkak koronavirus pandemiyasi sabab boshpanaga ega bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют