» » Shota Arveladze: “Paxtakor”ga o‘tish — ortga tashlangan qadam emas

Shota Arveladze: “Paxtakor”ga o‘tish — ortga tashlangan qadam emas


“Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze toshkentliklar boshqaruviga qanday kelib qolgani haqida gapirdi.

“Alisher Usmonov orqali klub xo‘jayini Bobur Shodiyev bilan tanishganman. Toshkentga bordim, hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. U yerda futbol rivoji uchun barcha sharoit borligini ko‘rdim. Keyinchalik yana bir necha bor uchrashdik va yakunda u meni shartnomani imzolashga ko‘ndirdi.

Bu men uchun ortga qadam bo‘lganmi? Motivatsiyani yo‘qotgan payting bu ortga qadam bo‘ladi. Agar murabbiy ishlashni xohlasa, buni nimasi yomon? Asosiysi — o‘z darajangni ko‘tarish, oldinga intilish. Men shunday to‘p surganman, endi shu tarzda ishlayapman. “Paxtakor”da ekanligim motivatsiyamga hech qanday ta’sir o‘tkazmadi. Qachondir “Barselona” yoki “Real”ni boshqaradigan bo‘lsam ham, xuddi hozirgidek motivatsiyaga ega bo‘laman”, — deydi gruziyalik mutaxassis.

Arveladze 2017-yilning iyunida “Paxtakor”ni qabul qilib olgandi. Mutaxassis “sherlar” bilan bronza (2017-yil) va kumush (2018) medallariga ega bo‘ldi, 2019-yilda mamlakat chempioligini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют