» » Eng yaxshi yosh futbolchi va eng yaxshi xorijiy murabbiy “Paxtakor”da ekani ma’lum bo‘ldi

Eng yaxshi yosh futbolchi va eng yaxshi xorijiy murabbiy “Paxtakor”da ekani ma’lum bo‘ldi


Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze 2017-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi xorijiy mutaxassis nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

Biroq Arveladze O‘FFning yil yakunlariga bag‘ishlangan marosimiga tashrif buyura olmadi. Unga tegishli sovrinni “Paxtakor” klubi direktori Dmitriy Adisman qabul qilib oldi.

Gruziyalik Shota Arveladze “Paxtakor”ni mavsum o‘rtalarida qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida Toshkent klubi mavsumni kuchli uchlikda yakunladi va “Lokomotiv”ning yordami bilan Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘l oldi.

Qayd etish kerak, “Lokomotiv” O‘zbekiston chempioni sifatida Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgandi. Agar u mamlakat kubogining finalida mag‘lub bo‘lsa, “Paxtakor” xalqaro maydondan chetda qolardi. Mana shunday bir paytda Yelichich shug‘ullantiradigan futbolchilar “Bunyodkor”ni taslim qilishga erishgandi.

O‘FF tashkil qilgan marosimda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi ham aniqlandi. Mazkur nominatsiyada ham “Paxtakor” vakiliga omad kulib boqdi. Unga ko‘ra, Igor Chikrizov 2017-yilning O‘zbekistondagi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi.

Eng yaxshi yosh futbolchiga sovrinni O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, Arveladzening sovrinini esa Sport Qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov topshirdi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют