» » “Paxtakor” Chempionlar Ligasida o‘ynaydi. “Bunyodkor” O‘zbekiston Kubogi finalida “Lokomotiv”dan yengildi

“Paxtakor” Chempionlar Ligasida o‘ynaydi. “Bunyodkor” O‘zbekiston Kubogi finalida “Lokomotiv”dan yengildi


Toshkentning “Lokomotiv” klubi yaqindagina ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgandi. Endi jamoa O‘zbekiston Kubogida ham qatorasiga ikki bor zafar quchgani bilan yodda qoldi.

“Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgan O‘zbekiston Kubogining finalida “temiryo‘lchilar” aynan “Bunyodkor”ni taslim qildi. Joriy mavsum to‘purari Marat Bikmayev tomonidan urilgan golga “qaldirg‘ochlar” javob qaytara olmadi.

“Lokomotiv” bunga qadar 2014 va 2016-yillarda ham O‘zbekiston Kubogida zafar quchgandi. 2017-yilgi sovrin bu borada hisob bo‘yicha uchinchisi bo‘ldi. “Bunyodkor”da esa kuboklar soni 4 tani tashkil qiladi.

Mirko Yelichich boshqaruvida “Lokomotiv” ketma-ket ikki marta “Oltin dubl” qayd etdi. Ya’ni, Toshkent grandi ham chempionatda zafar quchdi, ham mamlakat kubogida barcha raqiblarini taslim qila oldi.

Shu tariqa “Bunyodkor” xalqaro maydondan chetda qoldi. Osiyo Chempionlar Ligasining 2018-yilgi mavsumi guruh bosqichida “Lokomotiv” ishtirok etadi. Chempionatni kuchli uchlikda yakunlagan “Nasaf” va “Paxtakor” esa guruh bosqichigacha bo‘lgan yo‘lni saralash orqali bosib o‘tadi. Agar “Bunyodkor” kubok finalida zafar quchganida, “Paxtakor” xalqaro maydondan chetda qolgan bo‘lardi.

O‘zbekiston Kubogi

Final

4-dekabr, dushanba

Gol: Marat Bikmayev, 7 (0:1).

O‘zbekiston Kubogi finalini Amirliklardan tashrif buyurgan hakamlar brigadasi boshqarib bordi. O‘yinni stadiondan kuzatgan OFK prezidenti Shayx Salmon esa kubokni g‘olib jamoaga topshirdi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют