» » Bugun O‘zbekiston Kubogining finalida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘zaro maydonga tushadi

Bugun O‘zbekiston Kubogining finalida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘zaro maydonga tushadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi—2017 g‘olibi bugun — 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Finalgacha Toshkentning “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari yetib kelgan. Ular ishtirokidagi o‘yinga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Uchrashuvni BAAdan tashrif buyurgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Kubokni esa g‘olib jamoaga Toshkentda bo‘lib turgan OFK prezidenti Shayx Salmon topshiradi.

PFL rasmiy sayti “qaldirg‘ochlar” va “temiryo‘lchilar”ning O‘zbekiston Kubogidagi o‘zaro to‘qnashuvlariga e’tibor qaratdi. Mazkur musobaqada har ikki tomon hozirgacha 6 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, statistikadagi ustunlik “Lokomotiv” tomonida.

2006-yil “Lokomotiv” kubokning 2-saralash bosqichida “Quruvchi”ni taslim qilgan — 3:1. 2013-yilda esa “Bunyodkor” yarim finalda “Loko”dan ustun kelgan — 2:2 va 2:0. O‘sha vaqtda “Bunyodkor”ni xuddi hozirgidek Mirjalol Qosimov murabbiy sifatida boshqarardi.

2014-yil mazkur ikki klub O‘zbekiston Kubogining finalida o‘ynagan. O‘shanda Sergey Lushchan boshqaruvidagi “Bunyodkor” 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan va “Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

2016-yil ham Sergey Lushchan boshqargan jamoa “Loko”ga qarshilik qila olmagan. Yarim finaldagi har ikki o‘yinda ham “temiryo‘lchilar” 1:0 hisobida ustun kelgan va yakunda kubokka ega chiqqan.

“Bunyodkor” shu vaqtga qadar O‘zbekiston Kubogida 4 bor zafar quchgan — 2008, 2010, 2012 va 2013. Bularning barchasida jamoada Mirjalol Qosimov ishlagan. “Temiryo‘lchilar”da esa kuboklar soni 2 ta — 2014 va 2016.

“Lokomotiv” bunga qadar O‘zbekiston chempionatining 2017-yilgi mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun berilgan 1 dona kvotani yutib olgan. Qarshining “Nasaf” klubi esa 2-o‘rin egasi sifatida OChL saralashida o‘ynash imkonini qo‘lga kiritgandi. Bugungi final saralashda o‘ynaydigan ikkinchi jamoa nomiga aniqlik kiritib beradi. “Bunyodkor” zafar quchsa, kelasi mavsum xalqaro maydonda o‘ynaydi. Mag‘lub bo‘lsa, Oliy Ligani 3-o‘rinda yakunlagan “Paxtakor” o‘sha chipta egasiga aylanadi.

O‘zbekiston Kubogining final o‘yini ish soati hisoblangan dushanbaning 14:00 da start oladi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют