» » “Bunyodkor” va “Lokomotiv” ishtirokidagi O‘zbekiston Kubogi finali qishda va ish kunida o‘tkaziladi

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” ishtirokidagi O‘zbekiston Kubogi finali qishda va ish kunida o‘tkaziladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining “Bunyodkor” — “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi final o‘yini dekabrning to‘rtinchi sanasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

Eski rahbariyat taqvimiga ko‘ra, kubok finali 2-dekabr — shanba kuni o‘tkazilishi kerak edi. Endi esa u ikki kun keyinga — 4-dekabrga surilgan. Ahamiyatli tomoni, ish kunida o‘tkaziladigan o‘yin ayni ish vaqtida — 15:00 da start oladi. PFL buning sabablariga oydinlik kiritmagan.

Final uchrashuvida poytaxt klublari to‘p surishi inobatga olinib, uning Toshkentda o‘tkazilishi mantiqliroq edi. PFL mana shu mantiqqagina suyangan bo‘lib, finalni “Bunyodkor” stadioniga tayin qilgan. Unda nominal mezbon “Bunyodkor” olovrang futbolkasida, “Lokomotiv” esa oq libosida maydonga chiqib keladi.

Norasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogi finali OFK prezidenti shayx Salmonning O‘zbekistonga tashrifi sabab ikki kun keyinga qoldirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda prezidentning finalni tomosha qilishi ko‘zda tutilgani kata ehtimol.

Uchrashuvni o‘zbekistonlik emas, balki Amirliklardan tashrif buyurgan referi Muhammad Abdulla Hasan boshqarib boradi. Unga qanotlarda vatandoshlari yordam beradi. Bu O‘FF va BFA rahbarlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvining mevalaridan biridir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют