» » Xiaomi’ning “aqlli” qulfi 30 daqiqa ichida kutilgan mablag‘dan 1000 foizga ko‘p pul yig‘di

Xiaomi’ning “aqlli” qulfi 30 daqiqa ichida kutilgan mablag‘dan 1000 foizga ko‘p pul yig‘di


Ikki kun oldin Xiaomi o‘zining jamoaviy moliyalashtirish platformasi orqali Smart Lock E “aqlli” qulfini 126 dollardan taqdim etgandi. Qulf uchun yig‘ilgan mablag‘lar kompaniya kutganidan 1000 foizga oshib ketdi, deb xabar beradi IXBT.

Kompaniyaning yangi mahsulotlari bilan doimo sodir bo‘lgani kabi bu safar ham oldinga qo‘yilgan maqsad muvaffaqiyatli amalga oshirildi va kerakli mablag‘ yig‘ildi. E’tiborli jihati, loyiha bir necha daqiqa ichida moliyalashtirilgan, kraudfanding kampaniyasi boshlanganidan yarim soat o‘tib esa kerakli malag‘ 1000 foizdan oshib ketgan.

Xiaomi Smart Lock E “aqlli” qulfi olti turdagi blokdan chiqarish funksiyasiga ega, jumladan, barmoq izi skaneri, parol, vaqtincha parol, Bluetooth, Homekit va avariya kaliti. U daktiloskopik datchik bilan jihozlangan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi datchik 98,5 foiz aniqlikda ishlaydi.

Xiaomi Smart Lock E sakkizta akkumulyator yordamida 18 oyga qadar ishlaydi. Akkumulyator zaryadi 20 foizdan pastga tushsa, qulfdagi qizil yorug‘lik diod lamasi yonib, uni quvvatlantirish lozimligini eslatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют