» » Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 3500 kishidan oshdi

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 3500 kishidan oshdi


Tojikistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 28-may kuni 3563 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28-may kuni kasallanganlar soni 139 kishiga ko‘payib, 3563 kishiga yetgan.

O‘tgan bir sutkada mamlakatda 99 kishi kasallikdan tuzalgan, tuzalganlarning umumiy soni esa 1674 nafarga yetgan. Kasallik oqibatida 47 nafar bemor vafot etgan.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2322 kishi shifokorlar nazorati ostida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus dastlab 30-aprel kuni aniqlangandi. Deyarli bir oy ichida mazkur mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 3500 kishidan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют