» » Qashqadaryoda g‘alla maydonlariga ishlov berishda aviatsiya xizmatidan foydalanilmoqda

Qashqadaryoda g‘alla maydonlariga ishlov berishda aviatsiya xizmatidan foydalanilmoqda


G‘alla maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi kurash bu yil 144,2 ming gektar yerda boshoqli don ekinlari parvarishlayotgan voha dehqonlarining bugungi kechiktirib bo‘lmas vazifasi. Bu kabi kurashga Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi Qarshi bo‘linmasining havo kemalari ham jalb etildi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati matbuot xizmati.

“Viloyat agrokimyohimoya boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 7 ta AN2 rusumli samolyotimiz g‘alla maydonlariga begona o‘tlarga qarshi ishlov berishda qatnashyapti. Hozircha 20 ming gektar maydonda ishlovni aviatsiya yordamida bajarish belgilangan bo‘lsa, samolyotlarimiz qariyb shuncha g‘allazorda gerbitsidlarni sepib bo‘ldi. Yana 15 ming gektar maydon ishlovi uchun aviatsiyadan foydalanish ko‘zda tutilayapti”, — deydi aviabo‘linma qishloq xo‘jaligi aviatsiyasi muhandisi Shermat Nazarov.

Bu yil yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘layotgani boshoqli don ekinlari maysalarining to‘liq rivojlanishi, o‘suvchanligida muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, mavjud qulay sharoit begona o‘tlarning avj olishiga ham sabab bo‘ladi.

G‘allazorlarga kimyoviy ishlov berish, o‘g‘itlash kabi agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda maxsus samolyotlar kuchidan foydalanish dalaga boshqa texnika solib, madaniy ekin maysalarini ham nobud qilishning oldini oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют