» » ISO va SMIIC O‘zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurash choralarini e’tirof etdi

ISO va SMIIC O‘zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurash choralarini e’tirof etdi


O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan e’tirof etildi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, “O‘zstandart” agentligi tomonidan COVID-19 infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yordam berish maqsadida bir qator tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar dunyoning 163 ta mamlakati a’zo bo‘lgan Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va 40 ta mamlakat a’zo bo‘lgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan e’tirof etildi.

ISO tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekistonda COVID-19 kasalligiga qarshi kurashish uchun yangi standartlar ishlab chiqish hamda nafas olish a‘zolari himoyasi, himoya kiyimlari, antiseptik vositalarning xalqaro standartlarini qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

SMIIC esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan ilk kundan boshlab O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu kasallikning keng tarqalishi oldini olish bo‘yicha tezkorlik bilan choralar ko‘rilib, koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ish boshlaganini ta’kidlab o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют